Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

O‘zbekiston 17:30 / 13.12.2018 7603

Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Farg‘ona shahrida, Furqat, Quva, O‘zbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qo‘shtepa tumanlarida kichik sanoat zonalari (QSZ) tashkil etilishi belgilandi.

QSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlarga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi va ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qaror Farg‘ona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: