Chimyonda chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari qishki amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston 22:00 / 13.12.2018 7788

Toshkent viloyatining Chimyon tog‘larida joylashgan Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazida Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan qishki amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, o‘ttizdan ortiq harbiy xizmatchilar bu yerda 12 kun davomida tog‘ tayyorgarligi, otish, chang‘ida uchish, harbiy topografiya, ekstremal sharoitlarda yashovchanlik hamda harbiy alpinizm tayyorgarliklari bo‘yicha malakali mutaxassislardan saboq oladilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tog‘li hududlardagi harbiy harakatlar asosan dovonlar va o‘tish yo‘llarini, baland tog‘larda yashash uchun qulay bo‘lgan hududlarni egallash uchun olib boriladi. Bu jarayonda harakatlanishning o‘ziga xos jihatlariga, irodani mustahkamlashga, og‘ir vaziyatlardan chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilish ko‘nikmalarini hosil qilishga alohida e'tibor qaratiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlarni Mudofaa vazirligi Tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashqlar markazining mohir harbiy alpinist-yo‘riqchilari olib bormoqda. 

Amaliy mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tagan harbiy xizmatchilarga «Harbiy instruktor alpinist va Harbiy alpinist» sertifikati hamda ko‘krak nishoni topshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: