Belgiyada bolalar oldida chekkan haydovchi va yo‘lovchilarga ming yevrogacha jarima solinadi

Jahon 15:10 / 13.12.2018 1877

Belgiyaning Flandriya hududi parlamenti transport vositasi ichida bolalar oldida sigaret chekkan haydovchi va yo‘lovchilarga ming yevrogacha jarima solinishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma'qulladi. 

RTBF teleradiokompaniyasining xabar berishicha, ushbu qonun loyihasini tayyorlagan xristian demokratlar fraksiyasi Valloniya va Bryusselda ham xuddi shunday qonun qabul qilinishiga umid qilmoqda.

Transport vositasi ichida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar oldida elektron sigaret chekish ham taqiqlanadi, deya qayd etadi RTBF.

Ko‘proq yangiliklar: