Ba'zi davlatlardan sanitariya-epidemiologiya nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish taqiqlandi 

O‘zbekiston 09:04 / 13.12.2018 5312

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hamda muntazam yangilanadigan sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya vaziyati nomaqbul bo‘lgan davlatlarning ro‘yxatiga kiruvchi mamlakatlardan sanitariya-epidemiologiya va fitosanitariya nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning olib kirilishi taqiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya va fitosanitariya nazorati chegara xizmatlarining faoliyatini tanqidiy o‘rganish natijalari bo‘yicha ular tomonidan nazorat funksiyalarining bajarilishini takomillashtirish, samaradorligi va tezkorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: