Andijon IIB tomonidan aholi gavjum joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Jamiyat 21:50 / 13.12.2018 3818

Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan aholi punktlarida, iqtisodiy-ijtimoiy soha obektlarida keng ko‘lamdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Viloyat IIB Post patrul xizmati bataloni xodimlari Andijon shahridagi aholi gavjum bo‘lgan «Jahon bozori» savdo kompleksida payshanba profilaktika kuni munosabati bilan tig‘li-kesuvchi predmetlar bo‘yicha suhbatlar tashkil etilib, tig‘li ashyolardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir etilayotgan jinoyatlar va uning insonlarga tan jarohati yetkazayotgani, bevaqt  hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘layotgani haqida tushunchalar berildi. Mazkur tadbirlar PPX bataloni tomonidan ta'lim muaassasalarida ham muntazam o‘tkazib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilishicha, Xo‘jaobod tumani IIB tashabbusi bilan huquq-tartibot idoralari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, tumanning «Navoiy» mahallasida joylashgan Yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kolleji hamda 28-umumta'lim maktabida «Davomat», «Tig‘» tadbirlari o‘tkazildi.

Ularda yoshlar orasida turli xil noxush holatlar, jinoyatlar, qoidabuzarliklarga qarshi kurash, ularning oldini olish, ta'lim maskanlaridagi davomat, tungi paytlarda maqsadsiz yurmaslik, inson umriga zomin bo‘luvchi har xil razil o‘yinlar xususida ishtirokchilarga keng ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida Jome' mahallasida yashovchi G‘opirov Umidjonning ishsizligi aniqlanib, shu mahallada faoliyat yurituvchi «Oybek-Imron» MChJga ishga joylanishiga yordam berildi. Shuningdek, Xidirsha mahallasida istiqomat qiluvchi, ilgari sudlangan Hasanov Ilhom ham ayni vaqtda ishsiz ekani inobatga olinib, hududda faoliyat yurituvchi «Piramida» korxonasiga ishga olinishi tavsiya qilinib, muammo ijobiy yakun topdi.

Ko‘proq yangiliklar: