Yadroviy va moliyaviy tuzilmalarga kuchli xakerlik hujumi uyushtirilgani aniqlandi

Jahon 16:10 / 13.12.2018 6560

McAfee kompaniyasining kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotchilari mudofaa, yadro va moliya tuzilmalariga kuchli xakerlik hujumi uyushtirilganligini aniqladi. Tashkilot hisobotida aytilishicha, hujumlar yangi jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgan. 

Ekspertlar mazkur hujumni Sharpshooter («Snayper») deb nomlashgan. Hujum oktabr oxirlarida boshlangan. Xakerlar bir yarim oy ichida yuzga yaqin korxonaga hujum uyushtirishgan.

Xakerlar zararli fayllarni Dropbox orqali tarqatishgan. Fayllar ochilgach, hujum qilingan kompyuter tizimiga virus joylashib olgan va undagi barcha ma'lumotlarni xakerlarning serverlariga jo‘natgan.  

Ekspertlarning ta'kidlashlaricha, xakerlarning maqsadi josuslik bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: