Valyuta ayirboshlash shoxobchasi endi videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi

O‘zbekiston 14:09 / 12.12.2018 11185

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
 
Vazirlik telegram-kanalida aytilishicha, kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.
 
Shuningdek, 09002-son shakldagi ma'lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.
 
Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.

Ko‘proq yangiliklar: