O‘zbekistonda yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

O‘zbekiston 17:30 / 12.12.2018 33030

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni (PF-5594, 12.12.18 y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Yer qa'rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.

Qo‘mita Hukumatning Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Farmonga muvofiq: 

radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlash;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, istirohat bog‘lari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

atom energiyasidan foydalanish sohasini litsenziyalash qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Qo‘mita Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. 

Ko‘proq yangiliklar: