Toshkentda Chingiz Aytmatovning barelefi o‘rnatildi, shahardagi ko‘chalardan biriga adib nomi berildi

O‘zbekiston 20:00 / 12.12.2018 5595

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarning yangi davri boshlangan hozirgi vaqtda Chingiz Aytmatovning o‘lmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda Chingiz Aytmatov nomini bilmagan, kitoblari javonlaridan joy olmagan o‘zbek xonadoni kam. Atoqli qirg‘iz adibining asarlari nafaqat qirg‘iz, balki o‘zbek xalqi uchun ham birdek qadrdon. 

2018 yilning 2 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning 90 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi» qarorni imzolagan edi.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida bugun, 12 dekabr kuni erta tongdan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida adib Chingiz Aytmatov barelefining (tekis yuzaga ishlangan bo‘rtma asar) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adabiyotshunos olimlar, siyosat arboblari, adabiyot ixlosmandlari, san'at namoyandalari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, adib hayoti va ijodi, asarlari hamda adibning ikki mamlakat adabiyotida tutgan o‘rni haqida gapirib o‘tishdi.

Chingiz Aytmatov asarlaridagi qahramonlar siymosi va ularning ahamiyati haqida ham so‘z bordi.

Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga adib nomi berildi.

Ko‘proq yangiliklar: