Surxondaryoda er-xotinning janjali ayanchli tugadi

Jamiyat 15:26 / 12.12.2018 28795

Joriy yilning 11 dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi A.H. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashagan turmush o‘rtog‘i O.U.ning bosh va bel qismlariga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.U. kasalxonaga keltirilganida vafot etgan. A.H. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: