Moldova bosh vaziri «Rossiya aralashuvi» haqida ma'lum qildi. Prezident buni rad etmoqda

Jahon 08:33 / 12.12.2018 11791

Moldova prezidenti Igor Dodon mamlakat bosh vaziri Pavel Filipning 2019 yilgi parlament saylovlariga «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha urinishlar yuz berayotgani haqidagi so‘zlarini rad etdi. Bu haqda «Izvestiya» yozmoqda.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Moldovadagi saylovlarga aralashayotgani yo‘q. Uning bildirishicha, mamlakat hukumati o‘z fuqarolarining Rossiya hududida bo‘lgan holda, ovoz berish jarayonida ishtirok etishi uchun yetarli sharoitlar yaratmayapti.

Dodonning qayd etishicha, G‘arb mamlakatlari va qo‘shni davlatlarning Moldova hududidagi saylovlarga aralashishi ehtimoli ko‘proqdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moldova prezidenti yana o‘z lavozimidan chetlatilgandi.

Moldova Konstitutsion sudi sentabr oyida ham Dodonni vazifalarini bajarishdan vaqtinchalik chetlatgandi. U uch marotaba vaqtinchalik chetlatilgan, shu bilan birga, ikki holatda bu u vazirlar nomzodini tasdiqlashdan bosh tortgani tufayli yuz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: