Kun.uz’da e'lon qilingan maqoladan so‘ng qashqadaryoliklarga qanday yordam berildi?

Jamiyat 23:05 / 12.12.2018 35726

Joriy yil 22 oktabrida Kun.uz «Oramizda shundaylar bor, ularni hazrati Inson deyishadi!» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Unda Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Talimarjon shaharchasi, «Obod» mahallasi, Ulug‘lik ko‘chasida o‘ta og‘ir sharoitlarda yashab kelayotgan Karimov Davron hamda To‘rayev Qodir va «Nishon» MFY, «Juma» qishlog‘ida istiqomat qilib kelayotgan Nasiba Choriyevalarning nochor ahvoli haqida hikoya qilingan edi. 

Video: Youtube.com

Video: Tas-IX

Ushbu maqola e'lon qilinganidan so‘ng, salkam bir yarim oydan ortiq vaqt o‘tdi. Biz tuman mutasaddilari tomonidan maqola qahramonlarining muammolarini bartaraf etish borasida qanday choralar ko‘rilganiga qiziqdik va ular bilan telefon orqali bog‘landik. 

Munavvar To‘rayevaning (Karimov Davronning rafiqasi) bildirishicha, mahalla vakillari, tuman va viloyat mutasaddilari kelib suratga tushirib, izoh so‘rab ketishdan nariga o‘tishgani yo‘q. Bu orada, yog‘ingarchilik bois, yarmigacha ko‘tarilgan uy devorlari yuvilib ketishga ham ulgurgan, ya'ni «hech qanday chora ko‘rilmadi», - dedi Munavvar To‘rayeva biz bilan muloqotda. 

Shuning barobarida «Juma» qishlog‘ilik Nasiba Choriyevaning otasidan meros qolgan yer maydonida uy-joy qurilishi boshlanib, poyoniga yetib qolgan. Opa-uka yangi yil arafasida ushbu uyga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. 

Shu o‘rinda, Kun.uz tahririyati tuman hamda viloyat hokimliklari qish kunlarida nochor ahvolda yashashga mahkum bo‘lgan Karimov Davron va To‘rayev Qodir xonadonlari muammosini bartaraf etish choralarini ko‘rishlariga ishonch bildirib qoladi. 

Ko‘proq yangiliklar: