Kreml Poroshenkoning urush haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Jahon 16:18 / 12.12.2018 44143

Kreml Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning bayonotiga munosabat bildirdi. Avvalroq Ukraina yetakchisi Kerch bo‘g‘ozidagi hodisani urush, deb atagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, bunday pozitsiyaga qo‘shilmaydi, deb xabar bermoqda TASS.

«Biz bunday pozitsiyaga qo‘shilmaymiz, gap Ukraina tomonining provokatsiyasi hamda Rossiya davlat chegarasini qo‘pol tarzda buzilishi haqida ketmoqda», - deya ma'lum qildi u. Peskovning fikricha, Ukraina vaziyatdan o‘z maqsadlari uchun foydalanmoqchi. «Biz Ukrainada saylov kampaniyasi davom ettirilayotganini ko‘rmoqdamiz hamda dushman obrazi - Rossiya - ichki siyosiy maqsadlarga erishish uchun qo‘llanilmoqda», - deya aniqlik kiritdi Kreml vakili.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Fox News telekanaliga intervyuda Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan voqeani «urush» deb atagandi.

Ukraina prezidentining aytishicha, Rossiya suv hududlari chegarachilarining xatti-harakati «tajovuz» deb baholanadi. Poroshenko «urush» haqida gapirganiga qaramay, Kiyev tomonidan urush haqida e'lon qilinmagan. 
  
Avvalroq, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatda Birinchi jahon urushi ssenariysi kuzatilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: