Xalq ta'limi vazirligi byudjyetining 90 foizi o‘qituvchilar maoshi uchun ajratiladi

O‘zbekiston 12:40 / 12.12.2018 37862

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga 2019 yil uchun byudjyetdan 17 trillion so‘m ajratilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, vazirlikka ajratilgan byudjyetning 90 foizi o‘qituvchilarning maoshlari uchun sarflanadi.

17 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ta'lim tizimi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda xalq ta'limi tizimida o‘quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilayotgani haqida ma'lumot bergandi.

Iyul oyi holatiga ko‘ra, ularning o‘rtacha oyligi 1 million 230 ming so‘m bo‘lgan (bu degani har oy ularga 553 milliard 500 million so‘m oylik to‘lanishini anglatadi). 

Agar davlat o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligini 1 mln 800 ming qilib ko‘tarsa, unda har oy o‘qituvchilar maoshi uchun 810 mlrd so‘m atrofidagi mablag‘ sarflanadi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov iyun oyida o‘qituvchilar maoshi albatta oshirilishini aytib o‘tgandi. Iyul oyida esa Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov  markazlashgan mablag‘larni real sektorning o‘rniga aynan ta'limga sarmoya qilish, O‘qituvchilarning maoshini bir necha foiz emas, bir necha barobar oshirish zarurligini ta'kidlab, Moliya vazirligiga murojaat qilgandi.

Ma'lumot uchun, 2019 yil 1 yanvardan boshlab umumta'lim muassasalari o‘qituvchilarining malaka toifasidan kelib chiqqan holda oliy toifali o‘qituvchilar uchun ish haqi 25 foizga, mutaxassis toifali o‘qituvchilar uchun 10 foizga oshirilishi belgilangan.

 

Ko‘proq yangiliklar: