General-mayor Davron Nazarmuhamedov Qozog‘istonga bordi

O‘zbekiston 08:47 / 12.12.2018 15237

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari hamraisligida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik sohaviy xizmat rahbarlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasiga vazirning birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov rahbarlik qildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Yig‘ilish kun tartibida bugungi kunning dolzarb masalalari, jumladan transchegaraviy jinoyatlar, terrorizm va ekstremizm, narkotrafik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi kabi jinoyatlarga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik choralari, ushbu sohalarda chegara hududlarning hamkorligini rivojlantirish hamda kasbiy hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: IIV axborot xizmati

Oldingi uchrashuvda kelishilgan masalalar, shuningdek 2017-2018 yillarda vazirliklar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Protokolni amaliyotga tatbiq etish borasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy ko‘rib chiqdilar.

Yig‘ilish davomida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi, istiqbolli vazifa va yo‘nalishlari belgilab olinib, tomonlar intensiv hamkorlikni davom ettirish hamda unga ko‘proq amaliy salohiyat berishga kelishib oldilar.

Foto: IIV axborot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: