Yevroparlament Ruminiya va Bolgariya Shengenga qo‘shilishi uchun ovoz berdi

Jahon 08:23 / 12.12.2018 5296

Yevropa parlamenti Ruminiya va Bolgariyani Shengen hududiga kiritish uchun tavsiya etishga qaror qildi. Bu haqda Balkan Insight xabar bermoqda.

Rezolyutsiyaga ko‘ra, bu masala bo‘yicha yagona pozitsiya yo‘qligiga qaramasdan, davlatlarning Shengenga qo‘shilishga tayyorligi «qonun ustuvorligi» bilan aloqador bo‘lishi kerak emas.

Ta'kidlanishicha, hujjatda Yevropa kengashiga Xorvatiya bo‘yicha qaror qabul qilishga qaratilgan chaqiriq ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa parlamenti Rossiyadan gumonlanayotgani xabar qilingandi.

Yevropa parlamenti fikriga ko‘ra, Rossiya Azov dengizini «ichki ko‘l»ga aylantirmoqchi va uni faqat harbiy zona ko‘rinishiga keltirmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: