Britaniyada Tereza Meyga nisbatan ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlandi

Jahon 14:15 / 12.12.2018 5201

Buyuk Britaniyaning Konservativ partiyasi boshqaruv qo‘mitasi raisi Grem Bredi mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz berish jarayoni boshlangani haqida e'lon qildi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

«Qoidalarga ko‘ra, ovoz berish 12 dekabr, chorshanba kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) va soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 19:00) oralig‘ida bo‘lib o‘tadi», - dedi Bredi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, parlamentariylar tomonidan ovoz berish jarayonini boshlash uchun kerak bo‘lgan 15 foizlik chegara ortda qoldirildi. Shuningdek, uning qayd etishicha, ovozlar darhol hisoblab chiqiladi va ovoz berish natijalari qisqa vaqt ichida ma'lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada konservatorlar Meyga ishonchsizlik votumi uchun yetarli bo‘lgan murojaat bilan chiqishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: