Britaniyada konservatorlar Meyga ishonchsizlik votumi uchun yetarli bo‘lgan murojaat bilan chiqishdi

Jahon 08:27 / 12.12.2018 3349

Britaniyada konservatorlar orasidagi manbalar ma'lumotiga ko‘ra, partiyaning boshqaruv qo‘mitasiga mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga nisbatan ishonchsizlik votumi masalasini ko‘rib chiqish uchun yetarli bo‘lgan 48ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda The Daily Mirror xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, masalani ko‘rib chiqish tashabbusini berish uchun aynan Konservativ partiya a'zolaridan 48ta xat talab etiladi.

Avvalroq, Brexit bo‘yicha ovoz berish bekor qilinganligi sababli Britaniya parlamenti favqulodda debatlar o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi. Debatlar 11 dekabrga mo‘ljallangan. Mamlakat Leyboristlar partiyasi munozaralar o‘tkazish tashabbuskori bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Meyning ittifoqchilari Brexit bo‘yicha ikkinchi referendumni tayyorlashayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: