Belarusda O‘zRTXBning savdo maydonchasi rasman ish boshladi

O‘zbekiston 11:59 / 12.12.2018 3302

2018 yil 11 dekabr kuni Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) “Belarus universal tovar birjasi” OAJ negizida “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning savdo maydonchasi tantanali ravishda ochildi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Belarus Respublikasida “O‘zRTXB” AJning savdo maydonchasi ochilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad - birja savdolarining bozor mexanizmi imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarining ikki davlat tovar bozorlarida erkin ishtirok etishlarini ta'minlash. Buni amalga oshirish maqsadida Belarus birjasining “Latemgrupp” MChJ brokerlik idorasi “O‘zRTXB” AJda va O‘zbekiston birjasining “Global Trade Group” MChJ brokeri “BUTB” OAJda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Boshlang‘ich bosqichda birja savdolari orqali mahalliy yuqori likvidli tovarlarni sotish ko‘zda tutilgan, xususan, paxta tolasi, paxta momig‘i va quruq mevalar, shuningdek, Belarusning sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini O‘zbekistonga import qilish mo‘ljallangan. Belarusning yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan savdo maydonchasiga qiziqish bildirildi. Yaqin kelajakda “O‘zRTXB” AJning yangi xorij savdo maydonchasi orqali sotiladigan tovarlar qatorini kengaytirish kutilmoqda.

 Eslatib o‘tamiz, “O‘zRTXB” AJning shu kabi ilk savdo maydonchasi kuz faslida Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida ochilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: