O‘zbekistonda «Transfert narxlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston 16:17 / 11.12.2018 11355

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Transfert narxlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Qayd etilishicha, ushbu Qonunning maqsadi o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladigan bitimlarda transfert narxni shakllantirish va qo‘llashda yuzaga keladigan Davlat byudjyetiga yo‘qotishlarni oldini olishdan iborat.

Agar shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va/yoki bunday shaxslar faoliyatining yoki mazkur moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning faoliyatining iqtisodiy natijalari bunday shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladigan bitimlarning shartlari natijalariga ta'sir qilsa, shaxslar o‘zaro aloqador shaxslar deb e'tirof etiladi.

Shaxslarni o‘zaro aloqador deb e'tirof etish uchun bir tashkilotning (jismoniy shaxsning) ular o‘rtasida tuzilgan bitimga (kelishuv, shartnomaga) muvofiq boshqa tashkilotlarning ustav kapitalida ishtirok etishidan ta'sir ko‘rsatishi yoki bir shaxsning boshqa shaxslar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilashga boshqa imkoniyati hisobga olinadi.  Bunda, bunday ta'sir bevosita bitta shaxs va mustaqil yoki hamkorlikda mazkur Qonunga muvofiq  o‘zaro aloqador deb topilgan tomonidan o‘tkazilganligi hisobga olinadi.

Mazkur Qonun maqsadlarida o‘zaro aloqador shaxslar deb quyidagi belgilarning faqat bittasiga ham tushadigan shaxslar e'tirof etiladi:

boshqa tashkilotning ustav jamg‘armasida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan va bu ishtirokning jami ulushi 20 va undan ko‘proq foizni tashkil etadigan tashkilotlar va/yoki jismoniy shaxslar;

bitimning ikki ishtirokchisi ham uchinchi shaxs tomonidan bevosita va bilvosita nazorat qilinadi yoxud buni uchinchi shaxs bevosita yoki bilvosita nazorat qiladi;

bunday tashkilotning yakka ijro organini tayinlash (saylash) yoki kollegial ijro organi yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining kamida 50 foizini tayinlash (saylash) vakolatlariga ega bo‘lgan tashkilot va jismoniy shaxs (shu bilan birga, uning turmush o‘rtog‘i, shuningdek ularning to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlari);

yakka ijro organlari yoxud kollegial ijro organi yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining kamida 50 foizi bir shaxsning (shu bilan birga, uning turmush o‘rtog‘i, shuningdek ularning to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlari) qaroriga binoan tayinlangan yoki saylangan tashkilotlar;

bir tashkilotning aksioneri (ta'sischisi) yoxud mansabdor shaxsi boshqa tashkilotning aksioneri (ta'sischisi) yoxud mansabdor shaxsi bo‘lsa va bu ishtirokning jami ulushi 20 va undan ko‘p foizni tashkil etsa;

Jismoniy shaxs, uning turmush o‘rtog‘i, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlari;

Jismoniy shaxslar (tashkilotlar) sudning qarori bilan mazkur moddada nazarda tutilmagan boshqa hollarda o‘zaro aloqador shaxslar deb e'tirof etilishi mumkin.

O‘zaro aloqador shaxslar mezoniga tushmaydigan shaxslar mustaqil deb e'tirof etiladi.

Mazkur Qonunning maqsadida bir jismoniy shaxs (tashkilot)ning boshqa tashkilotdagi ulushi bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvosita ulushlarini jamlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Shaxsning tashkilotdagi bevosita ishtiroki ulushi deb shaxsga tegishli bo‘lgan tashkilotning ovoz beruvchi aksiyalari (tashkilotning ustav kapitali (fondi)dagi ulushi) e'tirof etiladi, bunday ulushlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, bevosita ushbu tashkilotning ishtirokchisiga tegishli bo‘lgan ulush  ushbu tashkilotning umumiy ishtirokchilari soniga proporsional tarzda aniqlanadi.

Agar tashkilotning aksiyalari (ustav kapitali (fondi)dagi ulushi) investitsion aktivlar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa, bunday tashkilotdagi bevosita ulush (hissaga kiritilgan mulk ulushi) bunday investitsion fond ishtirokchilari soniga proporsional tarzda aniqlanadi, bunday ulushni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda – shaxslar soniga proporsional tarzda aniqlanadi.

Shaxsning boshqa tashkilotdagi bilvosita ulushi quyidagi tartibda aniqlanadi:

shaxsning tashkilotdagi barcha ketma-ketlikdagi ishtiroki har bir keyingi tashkilotdagi tegishli ketma-ketlik bo‘yicha bevosita har bir oldingi tashkilot (jismoniy shaxs)ning bevosita ishtiroki asosida aniqlanadi;

har bir oldingi tashkilot (jismoniy shaxs)ning har bir keyingi tashkilotdagi bevosita ishtiroki tegishli ketma-ketlik asosida aniqlanadi;

bir tashkilot (jismoniy shaxsning) boshqa tashkilotdagi har bir ketma-ketlik bo‘yicha bilvosita ulushi dastlabki ikki tashkilot (jismoniy shaxs)ning to‘g‘ridan to‘g‘ri ketma-ket ishtirokida hosil qilingan ulush sifatida aniqlanadi, keyingi ishtirok mavjud bo‘lgan hollarda hosil bo‘lgan ko‘paytmani keyingi to‘g‘ridan to‘g‘ri ketma-ket ulushni ko‘paytirish orqali va har bir keyingi hosil qilingan ko‘paytmani keyingi ketma-ket ishtirokka ko‘paytirish orqali oxirgi tashkilotgacha ketma-ketlik bo‘yicha aniqlanadi.

Shaxsning bevosita(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvosita ulushni aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shaxsning tashkilotdagi ulushini aniqlash bo‘yicha holatlar sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

Mazkur Qonun maqsadida nazorat qilinuvchi bitimlar deb mazkur Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan nazoratga olinishi lozim bo‘lgan barcha bitimlar majmui tushuniladi.

Mazkur Qonun maqsadida bunday bitimlarga quyidagi bitimlar tenglashtiriladi:

tegishli kalendar yili uchun o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshlang‘ich bitim summasidan barcha bitimlar qiymati ortiq bo‘lgan bitimlar jamlanmasi;

tegishli kalendar yil uchun mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitimlar natijasida o‘zaro aloqador bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi bitim, bunda barcha bitimlarning umumiy summasi bitimlar summasining qonun hujjatlari bilan belgilangan summasidan ortiq bo‘lgan bitimlar;

imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi davlat va hududlar fuqarolari, shuningdek offshor zonalardagi kontragentlar bilan tuzilgan bitimlar (faqatgina o‘zaro aloqalar mavjud emasligi isbot etilmagan taqdirda);

xalqaro savdo va jahon birja savdosi miqyosidagi bitimlar.

Ishtiroki yoki vositachiligi orqali bunday bitimlar majmui amalga oshirilgan uchinchi shaxslarning mavjudligini inobatga olmagan holda, mazkur moddaning birinchi xatboshi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlar o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimlarga tenglashtiriladi, bunday uchinchi shaxslar aloqador deb e'tirof etilmaydi, lekin ko‘rsatilgan bitimlar majmuida ishtirok etuvchilar deb inobatga olinadi.

Nazorat qilinuvchi bitimlarning transfert narxlari shakllantirilishini nazorat qilishda soliqqa tortish maqsadida vakolatli organlar mazkur Qonun bilan nazarda tutilgan quyidagi usullardan foydalanadilar:

Solishtirma bozor narxlari usuli;
Kelgusi realizatsiya narxi usuli;
Xarajat usuli;
Solishtirma rentabellik usuli;
Foydani taqsimlash usuli.

Mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ikki va undan ortiq usullardan foydalanishga ruxsat etiladi, bunda solishtirma bozor narxlari usuli ustunlik qiladi.

Solishtirma bozor narxlari usuli tahlil qilinayotgan bitimning bozor narxi ko‘lamida tovar (ish, xizmat)lar narxining solishtirma bozor narxi asosida aniqlanadi.

Predmeti bir xil tovar (ish, xizmat)lar (ular mavjud bo‘lmaganida o‘xshash) bo‘lgan faqatgina bitta solishtirma bitim haqida ma'lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, agar ko‘rsatilgan bitimning tijorat va/yoki moliyaviy  shartlari tahlil qilinayotgan bitimning tijorat va/yoki moliyaviy shartlari bilan to‘liq mos kelsa (yoki tegishli tuzatishlar asosida bunday shartlarning to‘liq mosligi ta'minlangan bo‘lsa), shuningdek solishtirilayotgan bitimda tovar (ish, xizmat)larning sotuvchisi solishtirilayotgan bitimda xuddi shu tovar (ish, xizmat)lar  (ular mavjud bo‘lmagan taqdirda o‘xshash) bozorida  yetakchi holatni egallagan bo‘lsa, ko‘rsatilgan bitim narxlari bir vaqtning o‘zida bozor narxi chegarasining  minimal va maksimal  qiymati deb e'tirof etilishi mumkin.

Predmeti bir xil tovar (ish, xizmat)lar (ular mavjud bo‘lmasligida o‘xshash) bo‘lgan bir nechta solishtirma bitimlar to‘g‘risida ma'lumot mavjud bo‘lgan taqdirda (shuningdek  bitim ishtirokchilari o‘zaro aloqador bo‘lmaslik sharti bilan ishtirokchilar tomonidan tuzilgan bitimlar), bozor narxlarining chegarasi solishtirma bitimlarda qo‘llanilgan umumiy narxlarni tahlil qilish bilan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: