Toshkent va Turkiston o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston 11:59 / 11.12.2018 12101

Toshkent va Turkiston shaharlari o‘rtasida xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Turkiston viloyati matbuot xizmati xabar berishicha, yo‘nalishni ochish 10 dekabr kuni «Altin Orda» avtovokzalida bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlanishicha, ushbu yo‘nalishga Qozog‘iston tashuvchisi «Bakdaulet Servis» va O‘zbekistonning «O‘zavtotrans» agentligi tomonidan ustuvor asosda xizmat ko‘rsatiladi. Yo‘nalishning umumiy uzunligi - 335 kilometr. Safar vaqti - 6 soat-u 40 minut. Har kuni ikkita avtobus ikki yo‘nalishda qatnaydi. Turkiston shahridan («Altin Orda» avtovokzalidan) chiqish soat 07:00 va 17:00da, Toshkentdan («Toshkent» avtovokzalidan) soat 08:00 va 18:00da. Texnik to‘xtash - 30 daqiqa. Narxi - 2 ming tenge yoki 50 ming so‘m (5 dollar).

Ko‘proq yangiliklar: