S7 Airlines Novosibirskdan Buxoroga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 07:53 / 11.12.2018 4784

2019 yil 20 martdan S7 Airlines aviakompaniyasi Novosibirskdan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Yangi reysga chiptalar sotuvga chiqarildi.

Novosibirskdagi Tolmachevo aeroportidan parvozlar har chorshanba kuni amalga oshiriladi. Samolyot Novosibirskdan mahalliy vaqt bilan soat 13:10da havoga ko‘tarilib, Buxoroda 14:45da qo‘nadi. Orqaga reys soat 16:15da jo‘nab, Novosibirskga 21:30da yetib keladi. Reyslar zamonaviy Airbus A320 laynerlarida amalga oshiriladi. 

“Biz Novosibirskdan O‘zbekistonga parvozlar tarmog‘ini faol rivojlantirmoqdamiz. 4 dekabrdan Namanganga parvozlar boshlandi, martda esa S7 Airlines yo‘lovchilari Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – Buxoroga muntazam reyslarga jo‘nashlari mumkin bo‘ladi. Ipak yo‘lining muhim savdo markazi bo‘lgan Buxoro bugungi kunda ham o‘z arxitekturasi bilan hayratlantiradi. Eski shaharda Buxoro amirlari qarorgohlari, ming yildan ko‘proq tarixga ega maqbaralar va minoralar saqlanib qolgan”, deb aytgan S7 Group tijorat direktori Igor Veretennikov.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston aholisi orasida Novosibirsk va uning yaqinidagi shaharlarga safarlar katta talabga ega. Yangi reys ham ishchi, ham shaxsiy safarlar uchun talabgir bo‘lishi kutilmoqda.  

S7 Priority dasturi ishtirokchilari esa Novosibirskdan Buxoroga parvozlar uchun 2100 bonus mili olishlari mumkin bo‘ladi. To‘plangan millarni esa premial chiptalar hamda s7.ru sayti va uchish aeroportlarida qo‘shimcha xizmatlarni xarid qilishda ishlatish mumkin bo‘ladi.

S7 Airlines reyslari uchun chiptalarni www.s7.ru sayti, iPhone va Android uchun dasturlar va chiptalar sotiluvchi barcha ofislarda xarid qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: