Prezident shu haftada Qashqadaryoga boradi

O‘zbekiston 10:10 / 11.12.2018 40835

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu haftada Qashqadaryo viloyatiga boradi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, davlat rahbari 13-14 dekabr kunlarida navbatdagi tashrifini amalga oshiradi.

Tashrif davomida joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati, transport va turizm infratuzilmasi, ta'lim va madaniyat muassasalari bilan tanishishi, shuningdek, jamoatchilik bilan muloqot qilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti respublika hududlari bo‘ylab tashriflarining navbatdagi bosqichini 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurish bilan boshlagandi. Prezident 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: