Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekiston 08:51 / 11.12.2018 4706

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarini mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra,  jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining vazifalarini samarali amalga oshirish;

xodimlarni kasbiy jihatdan rivojlantirish, mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish;

Davavianazoratning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

qonun hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan aerodrom atrofidagi parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishdan tushadigan mablag‘lar summasining 100 foizi;

ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun Davavinazorat xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 80 foizi;

«O‘zaeronavigatsiya» DK sof foydasining 5 foizi;

aviatsiya xavfsizligi uchun undiriladigan yig‘imlar summasining
3 foizi;

vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;

byudjyet mablag‘lari bo‘yicha moliyalashtirilishga o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan Davavinazoratning byudjyetdan tashqari shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘lari;  

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:

a) Davavianazoratning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
shu jumladan:

me'yor doirasida byudjyet mablag‘lari yetishmagan holatlarda avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash, ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash materiallarini sotib olish;

byudjyet mablag‘lari yetishmagan holatlarda xizmat safarlari xarajatlarini qoplash; 

maxsus ishlarni bajarish uchun jalb qilinadigan mutaxassislarga to‘lovlarni amalga oshirish;

Davavianazoratning O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjyeti qoplamagan boshqa joriy xarajatlarini qoplash;

b) Davavianazoratning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya qilish, o‘qitish va malakasini oshirish, shu jumladan:

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lash;

amal qiladigan guvohnomalarga (uchuvchi, shturman va HHB dispetcheri) ega bo‘lgan rahbar va inspektorlar tarkibining davriy va parvozdan oldingi (navbatchilikdan oldingi) tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish xarajatlarini qoplash;

amal qiladigan guvohnomalarga (uchuvchi, shturman va HHB dispetcheri) ega bo‘lgan rahbar va inspektorlar tarkiblarini davolanish xarajatlarini qoplash, agar ular kelajakda uchuvchi yoki dispetcherlik faoliyatini davom ettirishlari kutilayotgan bo‘lsa; 

xodimlarga fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida imtiyozli (maxsus) tarzda yurish xarajatlarni qoplash;

v) Davavianazorat faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish, shu jumladan:

qabul qilish va kuzatish, shuningdek konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va «davra suhbatlari»ni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlarini qoplash;

xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;

broshyuralar, bukletlar, kitoblar, to‘plamlar va boshqa axborot-ma'rifiy materiallarni ishlab chiqish va nashr etish;

g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa boshqa tadbirlar.

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlarini mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, Xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, shuningdek ularga moddiy yordam ko‘rsatish quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:

a) byudjyet mablag‘lari hisobidan:

lavozim maoshlari tasdiqlangan yagona tarif setkasi bo‘yicha;

parvozlar xavfsizligini nazorat qilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan Davavianazorat rahbar va xodimlarining lavozim maoshlari belgilanishida tarif koeffisentining uch baravari qo‘llaniladi.

lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti);

davlat xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda lavozim maoshiga ustamalar;

yiliga ikki oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdoridagi mukofotlar;

yiliga bir oylik mehnatga haq to‘lash fondi miqdorida moddiy yordam to‘lovlari;

moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘larining 15 foizi miqdorida xodimlarning mehnatini moddiy taqdirlash va rag‘batlantirish;

faxriy unvonlar uchun to‘lovlar;

b) O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan:

daraja va toifa malakasi uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar;

aviatsiya xodimlarining amaldagi guvohnomalari uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar;

ingliz tilini bilish va uni amaliy faoliyatida qo‘llash uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar;

aviatsiya xodimlarining amaldagi guvohnomalariga ega bo‘lgan rahbar va inspektorlar tarkibiga, parvozlar xavfsizligini ta'minlash faoliyatini nazorat qilish uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar;

alohida muhim parvozlarni tashkillashtirishida ishtiroki uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar;

O‘zbekiston Respublika fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari davomiyligi uchun har oylik lavozim maoshiga ustamalar;

yuqori malakali xodimlarga xizmat majburiyatlarini tashabbuskorona va vijdonan bajarganligi uchun lavozim maoshlariga shaxsiy ustamalar;

xodimlarning sog‘lig‘ini tiklash va ijtimoiy himoya qilish maqsadida moddiy yordam;

xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalarida imtiyozli (maxsus) tarzda yurish xarajatlari;

yiliga bir marta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun moddiy yordam;

bayram kunlari uchun mukofotlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qo‘shimcha haq va ustamalar.

Ko‘proq yangiliklar: