OAV: sobiq GDR xavfsizlik xizmati arxividan Putin nomiga berilgan guvohnoma topildi 

Jahon 14:33 / 11.12.2018 27887

Sobiq GDR davlat xavfsizligi vazirligi (Shtazi) arxivi bilan ishlaydigan bo‘lim hujjatlar orasida Vladimir Putin nomiga berilgan xizmat guvohnomasini topdi. Bu haqda Bild gazetasi xabar bermoqda. 

Nashrning bildirishicha, hujjat Shtazining Drezdendagi boshqarmasining "Kadrlar va ixtisosliklar" bo‘limi hujjatlari ichida bo‘lgan.

Foto: The Insider

Qayd etilishicha, guvohnoma mayor Vladimir Putinga 1985 yil 31 dekabrda berilgan bo‘lib, 1989 yil oxirigacha muddati uzaytirib kelingan va unda Putinning imzosi bo‘lgan.  Drezdendagi Shtazi arxivi bilan ishlaydigan bo‘lim boshlig‘i Konrad Felberning aytishicha, Putin bu guvohnoma bilan GDR davlat xavfsizlik organlari idoralariga hech qanday to‘sqinliksiz kira olgan.  

Putin 1975 yilda Leningrad davlat universitetini bitirganidan so‘ng sobiq SSSR davlat xavfsizlik qo‘mitasiga ishga kirgan. U 1985 yilda DXQning GDRdagi vakolatxonasiga jo‘natilgan va 1990 yilgacha Drezdenda ishlagan.

Putin Germaniyada ishlagani haqida 2018 yil boshida namoyish etilgan "Putin" nomli filmda ochiq aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: