Meksika migratsiya muammolarini hal qilish uchun 30 mlrd dollar sarflaydi

Jahon 10:45 / 11.12.2018 3875

Meksika federal hukumatining migratsiya masalasini hal qilish uchun mamlakat janubiy hududlarini rivojlantirishga doir xarajatlari besh yil mobaynida 30 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard seshanba kuni ma'lum qildi.

«Bizning fikrcha, bu investitsiyalar, sa'y-harakatlar yaqin besh yil ichida 30 milliard dollardan oshadi, bu mamlakat janubida shunday davrda amalga oshirilgan eng muhim sarmoyaga aylanadi», - deya Ebrardning Marokash shahrida bergan bayonotini keltiradi Excelsior portali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sa'y-harakatlar dunyoga migratsiya muammosini tartibli, xavfsiz va muntazam ravishda hal qilish mumkinligini ko‘rsatib berishi lozim. Shuningdek, Ebrardning ta'kidlashicha, Meksika hukumati Gonduras, Gvatemala hamda Salvador hukumatlari bilan birgalikda mintaqani rivojlantirish rejasini ishlab chiqish uchun harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq meksikadagi migrantlar AQShda boshpana olish uchun ochlik e'lon qilishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: