KXDR AQShning yangi sanksiyalarini siyosiy provokatsiya deb atadi

Jahon 08:15 / 11.12.2018 9975

Shimoliy Koreya AQShning yangi sanksiyalarini siyosiy provokatsiya sifatida baholaydi. Bu haqda TASS Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalariga asosan xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, KXDR AQShning mamlakat oliy rahbariyatiga qarshi sanksiyalari «dushmanlik harakati» sanalishini ham ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlarning harakatlari «Amerika yetakchisi Donald Tramp va uning shimoliy koreyalik hamkasbi Kim Chen Inning ezgu niyatlariga zid», deb hisoblaydi.

Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar KXDRning uch nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy etgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Janubiy Koreyadan KXDRga o‘n yil ichidagi birinchi poyezd yo‘l olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: