Instagram butun dunyo bo‘ylab yangi funksiyani ishga tushira boshladi: ovozli xabarlar bilan almashish. Bu haqda TechCrunch yozmoqda.
Xabarni yozish uchun mikrofonni bosish kerak, ovozli xabarning maksimal vaqti esa bir daqiqani tashkil etadi. Yozuvlarni bir necha marta eshitish mumkin, ular xabarlar tarixidan o‘chib ketmaydi.
Ovozli yozuvni iOS va Android ilovalari orqali shaxsiy hamda guruh chatlarida yuborish imkoniyati bor. Instagram yangi funksiya yordamida Viber, Telegram, Facebook Messenger va WhatsApp messenjerlari bilan raqobatlasha oladi.