Google Xitoyda senzuralovchi qidiruv tizimini ishga tushirmasligini ma'lum qildi

Jahon 23:22 / 11.12.2018 3234

Google rahbari Sundar Pichai AQSh kongressida uning kompaniyasi Xitoyda qidiruv tizimini ishga tushirmoqchi emasligini ma'lum qilgan. U shu tariqa Google qidiruv tizimining “Ninachi” (Dragonfly) deb nomlangan, senzuralovchi versiyasini yaratishda ishtirok etayotgani haqidagi axborotni inkor etgan. 

“Ayni vaqtda Xitoyda o‘z loyihamizni ishga tushirish rejamiz yo‘q. Biz u yerda qidiruv tizimimizga egamiz. Bizning vakolatxonamiz foydalanuvchilarga axborot taqdim qiladi. Axborot olish – insonning eng muhim huquqidir. Biz axborotni butun dunyo bo‘ylab taqdim qilish uchun bizga bog‘liq barcha ishni qilishga intilamiz”, deb aytgan Pichai.

Avgustda Google Xitoyda qidiruv tizimining senzuralovchi versiyasini ishga tushirmoqchiligi ma'lum qilingan. Xitoyda qidiruv tizimi mahalliy hukumat siyosatiga mos holda saytlar va izlashlarni bloklashi nazarda tutilgan. Google Xitoy bozoridan 8 yil avval siyosiy sabablar, jumladan senzura sababli ketgan.

Kompaniya “Ninachi” loyihasini 2017 yil bahorida boshlagan. Hozirda Google Xitoyda 2003 yilda foydalanishga kiritilgan “Oltin qalqon” loyihasi shartlariga ko‘ra bloklanadi. “Oltin qalqon” inson huquqlari, demokratiya, din va tinch namoyishlar bilan bog‘liq materiallarga kirishni bloklaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: