Yevropa parlamenti Rossiyadan gumonlanmoqda

Jahon 13:40 / 11.12.2018 13979

Yevropa parlamenti Kerch bo‘g‘ozidagi hodisani Rossiyaning «Azov dengizida Ukrainani suveren huquqlardan mahrum qilishga» urinishi, deb hisoblaydi. Bu haqda RT rezolyutsiyaga tuzatishlar matniga asosan xabar bermoqda.

Yevropa parlamenti fikriga ko‘ra, Rossiya Azov dengizini «ichki ko‘l»ga aylantirmoqchi va uni faqat harbiy zona ko‘rinishiga keltirmoqchi.

«Yevropa parlamenti chuqur tashvishda ekanini bildiradi. Bu holat Ukrainani Azov dengizidagi suveren huquqlaridan mahrum qilishga urinish bo‘lishi mumkin. Dengiz Rossiyaning «ichki ko‘l»iga aylantirilishi, harbiy zona ko‘rinishiga keltirilishi hamda janubi-sharqiy Ukraina iqtisodiyotini nazorat ostiga olinishi ehtimoli mavjud», - deyiladi Yevropa parlamenti hujjatida.

Shuningdek, Yevropa parlamenti Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlarni Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatda Birinchi jahon urushi ssenariysi kuzatilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: