Argentina prezidentining otasi va akasi poralar bo‘yicha ish yuzasidan so‘roq qilinadi

Jahon 11:13 / 11.12.2018 2606

Argentinalik sudya Klaudio Bonadio pora berish bo‘yicha ish yuzasidan mamlakat prezidenti Maurisio Makrining otasi, tadbirkor Franko Makrini so‘roqqa chaqirtirdi. Todo Noticias telekanalining dushanba kuni xabar qilishicha, davlat rahbari akasi Janfranko Makri ham ko‘rsatmalar berish uchun sudga borishi kerak.

Foto: REUTERS

Prezidentning qarindoshlari sobiq prezident Kristina Fernandes de Kirshner hukumati paytida davlatdan yo‘llar qurish uchun shartnomalar olgan Autopistas del Sol kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob berishlari kerak. Joriy yil may oyigacha Franko va Janfranko Makri ushbu firmada ulushga ega bo‘lgan.

Autopistas del Sol sobiq amaldor Klaudio Ubertining ko‘rsatmalarida tilga olingan, u xususiy kompaniyalarga davlat shartnomalari berilishi uchun pora olishda o‘z aybini tan olganidan keyin tergov bilan kelishuvga erishgan.

Poralar yuzasidan ish bo‘yicha tergov o‘tgan yil noyabr oyida, rejalashtirish vaziri o‘rinbosari Roberto Barrataning haydovchisi sobiq rafiqasi politsiyaga eri pul to‘la sumkalarni tashiyotganini ko‘rgani haqida aytganidan so‘ng boshlandi. Ayblov versiyasiga ko‘ra, bu pullar qurilish va energetika kompaniyalaridan pora hisoblanadi. Haydovchining uyidagi tintuvlar davomida u o‘z harakatlarini batafsil tasvirlab bergan daftarlar topildi.

Ko‘proq yangiliklar: