Andijondagi ustaxonada yong‘in, bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 16:17 / 11.12.2018 8557

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 10 dekabr kuni Mustaqil yurt ko‘chasida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida ustaxonaning 30 kv.m. maydonida tom qismi, ustaxona jihozlari va Ulug‘nor tumanida yashovchi A.N.ga tegishli “Damas” avtomashinasi yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida shu ustaxona ishchisi, Baliqchi tumanida yashagan P.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va Do‘ngsaroy M.F.Y. da yashovchi  ustaxona ishchisi B.N. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Yong‘in avtomashinaning gaz ballonida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda alanga hosil bo‘lishidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: