Tramp shtabi Rossiyaning saylovlarga aralashuvi haqidagi da'voni bekor qilishni so‘radi

Jahon 22:17 / 10.12.2018 7515

AQSh prezidenti Donald Trampning saylovoldi shtabi advokatlari suddan demokratik partiyaning Rossiyaning saylovlarga aralashuvi ishi bo‘yicha Tramp, Rossiya, WikiLeaks va boshqa javobgarlarga nisbatan da'vosini bekor qilish borasida og‘zaki muhokama belgilashni talab qilmoqda.

Avvalroq boshqa javobgarlar, jumladan WikiLeaks bu da'vo huquqiy jihatdan noto‘g‘riligini bildirib, uni bekor qilishni talab qilgandi. Rossiya Amerika sudi yurisdiksiyasini tan olmasligini bildirgan va sud jarayonida qatnashmasligini ma'lum qilgandi.  

Aprel oyida AQSh demokratik partiyasining milliy qo‘mitasi Rossiya hukumati, Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh boshqarmasi (GRU), ota-bola tadbirkorlar Agalarovlar, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj, Donald Trampning saylovoldi shtabi, prezidentning kuyovi Jared Kushnerni sudga bergandi. Da'voda 2015 va 2016 yillardagi xakerlik hujumlari demokratlarga zarar yetkazish hamda Tramp nomzodini ilgari surish maqsadida amalga oshirilgani aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: