MDS-Service klinikasiga xaridor ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 15:32 / 10.12.2018 26161

InfinBank Toshkentdagi MDS-Service klinikasini sotib olish uchun ariza berdi. Klinika sentabr oyi boshidan beri onlayn-auksionda sotilmoqda. Bundan E-ijro ma'lumotlari darak beradi.

O‘zbekistondagi eng birinchi tez tibbiy yordam nimstansiyalaridan biri bo‘lgan MDS-Service klinikasi ustav fondi 100 foizi lot sifatida qo‘yilgan. Ulardan 62,2% NNB Investments’ga, 37,8% — Solid Investment and Securities’ga tegishli. Har ikki kompaniya xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan.

Taklifga hammasi kiradi - investitsiyalar, aktivlar, boshqa turdagi barcha mol-mulklar (bino-inshootlari, avtotransport vositalari, tibbiy asbob-uskunalari va boshqalar).

Yer uchastkasining umumiy maydoni (ga) - 5,575. Bino umumiy maydoni (kv.m) - 3796. Binoning qurilish osti maydoni (ga) - 2,655, bino foydali maydoni (kv.m) - 2791,88.

Baholangan narxi - 32,7 mlrd so‘m, InfinBank 32,1 mlrd taklif qildi. Bank ariza bergan yagona ishtirokchiga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: