Toshkentda 164 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Jamiyat 11:26 / 10.12.2018 9706

Joriy yilning 8 dekabr kuni Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil noyabr oyida Uchtepa tumanida yashovchi J.Yu. Ahil mahallasi hududida tanishi M.A.ga Olmazor tumani hududidan 2 xonalik uy olib berishini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs uni aldab 164 mln so‘m pulini olib, shu kunga qadar uy olib bermasdan pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. J.Yu. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Ko‘proq yangiliklar: