Skripallar harbiy bazada ushlab turilgani taxmin qilindi

Jahon 10:44 / 10.12.2018 12359

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning jiyani Viktoriya Skripal so‘zlariga ko‘ra, Skripalning o‘zi va uning qizi Yuliya Buyuk Britaniyada majburan ushlab turilibdi. Bu haqda u «Izvestiya»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Viktoriya Skripalning so‘zlariga ko‘ra, u 24 iyuldan beri qarindoshlari bilan telefon orqali bog‘lanish imkonini topa olmayapti.

«London Yuliyani majburan ushlab turmayotgani haqida kim aytdi? Nima uchun rossiyalik diplomatlar va qarindoshlar ularning yoniga kiritilmayapti, nega televideniye orqali chiqish qilishlariga ruxsat berilmayapti? Menimcha, ular, katta ehtimol bilan, harbiy bazada, ommaviy axborot vositalaridan uzoqroqda, tashqi dunyodan ajratib qo‘yilgan holda ushlab turilibdi», - deydi u.

Shuningdek, uning taxminiga ko‘ra, Sergey va Yuliya Skripal o‘zlari zaharlangan Solsberi shahri yaqinida joylashgan Porton-Daun kimyoviy laboratoriya hududida ushlab turilgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London Kremlga yaqin oligarxlarni belgilab olgani, Alisher Usmonov ham ro‘yxatda ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: