OAV: Koenning ko‘rsatmalari tufayli Trampga impichment e'lon qilish masalasi yana avj oldi

Jahon 16:47 / 10.12.2018 13594

AQSh prezidenti sobiq advokati Maykl Koen ko‘rsatmalari Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampning ehtimoliy impichmenti haqidagi muhokamalarni avj oldirib yubordi, deya ta'kidlaydi NBC News telekanali.

Demokratlarning ma'lum qilishicha, yaqinda AQShda «Rossiya ishi» bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myuller tomonidan Koenga nisbatan taqdim etilgan sud hujjatlari Trampning impichmenti bo‘yicha g‘oyalarni yanada ilgari surdi, deyiladi materialda. Hozirgi vaqtda ular zarur axborotni qidirishmoqda, unga ko‘ra amaldagi prezidentga nisbatan impichment jarayonini boshlash to‘g‘risida bir qarorga kelish mumkin bo‘ladi.

«Prezident Tramp katta miqdordagi soxtalashtirishlar markazida bo‘lgan - Amerika xalqiga qarshi bir necha yirik soxtalashtirish holati», - deya aytib o‘tdi vakillar palatasi a'zosi Jyerrold Nadler.

Nadlerning AQSh kongressi quyi palatasidagi sud qo‘mitasida aytgan so‘zlariga ko‘ra, Koen bo‘yicha hujjatlarda impichment uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlar aniq tilga olingan. Shuningdek, u kongressni ushbu vaziyatga aniqlik kiritish va Trampning bu jinoyatlarga aloqasi borligini ochiqlashgan chaqirdi.

Koen haqidagi sud hujjatlaridan kelib chiqib ta'kidlanishicha, Tramp bir necha federal tekshiruvlarda asosiy shaxsga aylandi.

Kongressdagi demokrat Adam Shiffning CBS News efirida ma'lum qilishicha, Tramp qamoq muddati tahdid solishi mumkin bo‘lgan birinchi prezidentga aylanishi borasida «haqiqiy istiqbol» mavjud. Konnektikutdan senator-demokrat Kris Merfining ABC News efirida bildirishicha, hozirgi holat prezident Bill Klinton impichmentiga olib kelgan vaziyatdan ham jiddiyroq. Biroq, impichment jarayonini boshlash haqida qaror qabul qilishdan oldin, Merfi kongressni Myullerning 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi yuzasidan surishtiruvi tugashini kutishga chaqirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning 14 nafar tarafdori saylov kampaniyasi vaqtida rossiyaliklar bilan uchrashgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: