Yosh kitobxonlar tanlovining navbatdagi g‘olibiga ham «Spark» avtomobili topshirildi

Jamiyat 12:32 / 10.12.2018 15644

Yoshlar orasida mutolaa muhitini yaratish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarning intellektual bilimlari va ma'naviy saviyasini oshirish, adabiyotning mo‘'jaz olamiga olib kirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovlarini ijobiy baholagan holda, ushbu tanlovlarni o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflari prezident qarori bilan ma'qullangan edi.

«Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovining 10–14 yosh toifasi bo‘yicha respublika bosqichining 2018 yilgi g‘olibi aniqlandi.

Tanlovda 14 nafar yigit-qiz «O‘zbek adabiyoti bilimdoni» va «Jahon adabiyoti bilimdoni» shartlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Hakamlar hay'ati va malakali mutaxassislar tomonidan baholab borilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova g‘olib deb topildi va prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobilini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili o‘tkazilgan «Yosh kitobxon» tanlovida Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 17-umumta'lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Mohiniso Shomurodova g‘olib bo‘lgan va «Spark» avtomobilini qo‘lga kiritgan edi.

Foto: O‘zA

 

Ko‘proq yangiliklar: