Bojxonachilar «avtomashina raqamini almashtirish» operatsiyasini fosh qilishdi

O‘zbekiston 20:18 / 10.12.2018 22619

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Mamay qishlog‘idagi aylanma yo‘lda to‘xtab turgan fuqaro E.B. boshqaruvidagi qo‘shni davlat raqamiga ega bo‘lgan «VAZ-2106» rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.  

Ko‘zdan kechirish natijasida avtomashina aslida O‘zbekiston Respublikasi davlat raqamiga ega ekanligi hamda uning saloni va yukxonasida muqaddam qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 7,5 million so‘mlik banan va noklar hamda energetik ichimliklar ortilgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: