Qozog‘istonning Kolesa Group IT-kompaniyasi O‘zbekistonda uydan tashqariga chiqmay turib, avtomobil xarid qilish yoki sotish imkonini beruvchi Avtoelon.uz onlayn servisini ishga tushirdi.
Avtoelon.uz onlayn servisi avtomobil, ehtiyot qismlar va maxsus texnikalarni sotish hamda xarid qilish, shuningdek avtoxizmatlarga doir e'lonlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan maydondir. Onlayn-servisning qulaylik jihatlaridan biri shuki, uning xizmatlaridan o‘zbek va rus tillarida foydalanish mumkin. Shu bilan birga, u sotuvchining ham, xaridorning ham vaqtini tejaydi.
Avtoelon.uz loyihasining maqsadi – sotuvchi va xaridorlarni onlayn rejimda bog‘lash. Android va iOS platformalariga mobil ilovani yuklab olib, istagan vaqtda undan foydalanishingiz mumkin.
E'lonlar kontenti foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan shakllantiriladi. Xaridor va sotuvchi orasidagi muloqot shaxsiy yozishmalar bo‘limida yoki telefon orqali amalga oshiriladi. Avtosalonlar takliflari uchun maxsus bo‘lim yuritilishi ko‘zda tutilgan.
«Kolyosa» rahbari Nikolay Babeshkin O‘zbekiston elektron kommersiya faol rivojlanayotgani bilan jozibali ekani, bunday vaqtda turli servislar va maydonlarning paydo bo‘lishi IT-bozorning rivojlanishiga turtki berishini ta'kidladi.
«Avtoelon.uz faoliyati ayni damda katta islohotlarni boshdan kechirayotgan O‘zbekistonda IT-bozorni rivojlantirish hamda mamlakatdagi elektron kommersiya ulushini oshirishga yo‘naltirilgan. Masalan, konservativ Fransiyaga borib bunday biznesni yo‘lga qo‘ysak, xarajatlar o‘zini oqlamaydi. Bu yo‘nalishda yirik bir yetakchi bo‘lmagan O‘zbekistonda bunday biznesni yo‘lga qo‘yish esa - boshqa gap. Boz ustiga, biz qardosh mamlakatlarmiz, shu bois bir-birimiz bilan aloqa qilish oson», - deydi Babeshkin.
Avtoelon.uz tashqaridan qaraganda shunchaki e'lonlar sayti yo ilovasidek ko‘rinishi mumkin. Aslida esa undagi har bir hodisa yaxshilab o‘rganiladi, har bir mijoz bilan alohida ish olib boriladi va har safar xizmatlar yanada takomillashtiriladi.
«Xaridor shunchaki ilovaga kirib, mashina yoki ehtiyot qismlari sotib olishi mumkin. Barchasi oddiy va aynan shu oddiylik mijozlarni jalb qiladi hamda servisning o‘ziga xos ustuvor jihatlaridan biri hisoblanadi», - deydi Avtoelon.uz mintaqaviy direktori Asan Abdraimov.
Qozog‘istonda kompaniya servislari allaqachon sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi eng qulay platformaga aylanib ulgurgan. Avtoelon.uz O‘zbekistonda ham shunday marralarni zabt etishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Bundan tashqari, oldinda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yana qator loyihalar mavjud.
Hozirning o‘zidayoq smartfoningizga Avtoelon.uz ilovasini yuklab oling va servisning qulay xizmatlaridan foydalaning hamda, albatta, ushbu yangilikni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!
Saytimiz: www.avtoelon.uz
Android uchun dasturimiz: www.bit.ly/2EjrTQf
iOS uchun dasturimiz: www.apple.co/2L418zQ
Reklama huquqi asosida