Avstraliya Google va Facebook faoliyatidan tashvishga tushib qoldi

Fan-texnika 13:45 / 10.12.2018 5563

Avstraliya Raqobat va iste'molchilarni himoya qilish bo‘yicha komissiyasi o‘z saytida Google hamda Facebook kompaniyalariga nisbatan o‘tkazilgan surishtiruv ishlarining dastlabki natijalari aks etgan hisobotni joylashtirdi.

Ta'kidlanishicha, surishtiruv mazkur platformalarning mamlakatdagi reklama va mediaraqobatga ta'sirini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

«Raqobat va iste'molchilarni himoya qilish bo‘yicha komissiya dijital-platformalar avstraliyalik foydalanuvchilar haqida to‘playotgan katta miqdordagi ma'lumotlardan xavotirda», - deyiladi hujjatda.

Aniqlik kiritilishicha, gap resurslar foydalanuvchilarining o‘zidan olinmaydigan ma'lumotlar haqida ketmoqda.

Kompaniya vakili Rod Simsning so‘zlariga ko‘ra, platformalar algoritmidagi qator harakatlar to‘liq tushunilmagan, foydalanuvchilar esa «onlayn-platformalarda filtr-pufaklar, exo-kameralar va ishonchsiz yangiliklar» xavfiga duch kelmoqda. Bundan tashqari, Google hamda Facebook iste'molchilarni himoya qilish va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik general Google’ni Pentagon bilan hamkorlikni boshlashga chaqirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: