Tramp Fransiya hukumatiga tartibsizliklarni qanday to‘xtatish mumkinligi borasida maslahat berdi

Jahon 12:48 / 09.12.2018 17523

Donald Tramp Fransiyadagi inqirozni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish va odamlarga kelishuv doirasida to‘lanayotgan pullarni qaytarish orqali bartaraf qilish mumkinligini aytdi. 

"AQSh bu mamlakatdan ancha oldinda edi va atrof-muhitni ifloslantirish qisqargan yagona eng yirik davlatga aylandi!", deb yozdi u tvitterida.

Fransiyada 17 noyabrda boshlangan "sariq nimchalilar" namoyishlari oqibatida tartibsizliklar yuz berdi. Natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jarohatlandi. Fransiya bosh vaziri Eduar Filip yonilg‘i narxi olti oy davomida oshirilmasligiga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: