Kataloniya rahbari ikki kunlik ochlikni boshladi

Jahon 21:30 / 09.12.2018 12194

Kataloniya hukumati rahbari Kim Torra hibsda ushlab turilgan kataloniyalik siyosatchilar bilan birdamlik sifatida 48 soatlik ochlikni boshladi. Bu haqda La Vanguardia nashri ma'lum qildi

Ma'lum qilinishicha, Torra ochlik tugaguncha 11 dekabrgacha Montserrat monastirida qoladi. Torra deputatlar va faollar 7 dekabrda boshlagan aksiyaga qo‘shilgan. Aktsiya ishtirokchilari 20 dekabrgacha siyosiy mahbuslar himoyasiga navbati bilan qisqa muddatli ochlik e'lon qilishmoqchi.

Bir necha kun avval hozirda hibsda ushlab turilgan, Kataloniya milliy kengashining sobiq rahbari Jordi Sanches, parlamentning sobiq deputati Jordi Turul va Kataloniyaning sobiq ichki ishlar vaziri Joakim Forn ochlik e'lon qilishgan.

Noyabr boshida Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning sobiq vitse-prezidenti Oriol Junkerasga 25 yillik, muxtoriyat hukumatining boshqa a'zolariga 16 va 17 yillik qamoq jazolari berilishini so‘ragan. Junkeras va Kataloniya hukumatining bir necha sobiq a'zosi 2017 yil noyabr boshida hibsga olingandi. Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon va jyeneralitetning bir qism a'zolari xorijda yashirinishgan.

Ko‘proq yangiliklar: