Inson huquqlari himoyachisi Lyudmila Alekseyeva vafot etdi

Jahon 14:47 / 09.12.2018 11793

Afsonaviy inson huquqlari himoyachisi, prezident qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha kengash a'zosi Lyudmila Alekseyeva 92 yoshida Moskvada vafot etdi. Bu haqda «Exo Moskva» xabar bermoqda.

«Keyingi vaqtlarda u kasallik tufayli yotib qolgandi», — degan prezident qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha kengash direktori Mixail Fedotov.

U Alekseyeva umrining oxirgi kunlarida ham ishlashda davom etgani, o‘z yordamchilariga topshiriq berib borgani haqida qo‘shimcha qilgan.

«U keyingi vaqtlarda ko‘p marta shifoxonaga tushib qolayotgandi. Vrachlar bir necha marta Lyudmila Mixaylovnani qiyin vaziyatlarda qutqarib qolishdi. Ammo vrachlar ham ilojsiz qoladigan vaqtlar bo‘ladi. Bugun soat 19:30da ham shunday bo‘ldi», — deyiladi kengash xabarida.

U 1976 yili Moskva Xelsinkskaya guruhiga asos solgan faollar ichida bo‘lgan. Bu tashkilot Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha eng katta tashkilot. Lyudmila Mixaylovna Alekseyeva 1996 yilda tashkilot raisiga aylangan. 2000-yillarda u prezident qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha Komissiya (keyinroq prezident qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha kengash) tarkibiga kirgan.

Ko‘proq yangiliklar: