Google’ning Nyu-Yorkdagi ofisida 22 yoshli dasturchi jonsiz holda topildi

Jahon 16:29 / 09.12.2018 15025

22 yoshli Skott Krulchik Google kompaniyasining Nyu-Yorkdagi ofisida jonsiz holda topildi, deb xabar berdi NY Post. Uning jasadini kech soat to‘qqizlarda farrosh ko‘rib qolgan.

Skott Krulchik

Ma'lum qilinishicha, uning tanasida hech qanday jinoiy yoki zo‘ravonlik izlari topilmagan. Politsiyadagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, unda hech qanday surunkali kasallik bo‘lmagan va o‘lim sababini shifokorlar aniqlashadi.

Krulchik Google’da shu yilning avgustida ish boshlagan bo‘lgan. Bunga qadar u Facebook’da amaliyot o‘tagan.

Ko‘proq yangiliklar: