"G‘arbga narkotrafik hajmi oshadi". Eron prezidenti AQSh sanksiyalarini tanqid qildi

Jahon 12:38 / 09.12.2018 13877

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronga nisbatan boykot e'lon qilinishi G‘arb davlatlariga, xususan AQShga giyohvand moddalarning noqonuniy trafigini kuchaytirishidan ogohlantirdi, deb xabar berdi CNN.

— Eronning sanksiyalar sababli zaiflashishi ko‘plab insonlar xavfsizligiga tahdid soladi, — degan u.

Hasan Ruhoniy Eronning Afg‘oniston va Yevropa o‘rtasida joylashgani nafaqat giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga, balki boshqa tahdidlarga ham qarshi turishiga imkon berishini ta'kidlagan.

— Bizga nisbatan boykot e'lon qilganlarni ogohlantiraman, agarda narkotrafikka qarshi kurash borasida zaiflashsak, sizlar ko‘plab qochoqlar, giyohvand moddalar oqimi, qotilliklarga ro‘baro‘ bo‘lasiz, — deb qo‘shib qo‘ygan u.

Eron prezidenti bu so‘zlarni Tehronda bo‘lib o‘tgan terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha anjumanda aytgan. Terrorizmga qarshi kurashish choralari muhokamasida Afg‘oniston, Turkiya, Xitoy va Rossiya parlamentlari spikerlari ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: