Bloomberg rivojlanayotgan davlatlarning yangi reytingini ma'lum qildi

Jahon 22:35 / 09.12.2018 23658

AQShning Bloomberg agentligi rivojlanayotgan bozorga ega davlatlarning yangi reytingini ma'lum qildi

Reytingni tuzishda quyidagi ko‘rsatkichlar inobatga olingan: 2018 va 2019 yillardagi yalpi ichki mahsulot o‘sishi, suveren kredit reytingi, valyuta zaxiralari, aksiyalar va obligatsiyalar bozori holati. 

Reytingning 1-o‘rnini 2,55 ball bilan Malayziya egallagan. 2-o‘rinni 2,36 ball bilan Rossiya, 3-o‘rinni esa 1,39 ball bilan Xitoy egallagan.

Yetakchi o‘ntalikdagi keyingi o‘rinlarni Filippin (4-o‘rin), Kolumbiya (5), Tailand (6), Polsha (7), Meksika (8), Chili (9) va Janubiy Koreya (10) egallagan. Yarim yil avval 5-o‘rinni egallagan Turkiya reytingning oxirgi – 20-o‘rniga tushib ketgan.

Yetakchi o‘ntalikdagi ilk 6 o‘rinni egallagan davlatlardan 4 tasi Osiyo mintaqasida joylashgan. Bunga ushbu davlatlar joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo, YaIM o‘sishining nisbatan yuqori ko‘rsatkichi, past darajadagi inflyatsiyaga egaliklari sabab hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: