Gadjyetlar unumdorligini taqqoslovchi AnTuTu kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlovchi, 2018 yilning eng ommaviy smartfonlarini ma'lum qildi. Reyting kompaniya saytida e'lon qilingan.
Reytingning eng yuqori o‘rnini Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfoni egallagan. Uning reytingi 97 foizni tashkil qilgan. Ekspertlar 2-o‘ringa Samsung Galaxy S9+’ni, 3-o‘ringa Meizu 16th’ni qo‘yishgan. Bu smartfonlar reytingi 96 foizni tashkil qilgan.
Huawei Mate 10 Pro, Oppo Find X va Meizu 16th Plus smartfonlari 95 foizlik reyting bilan 4-6-o‘rinlarni bo‘lishgan. 7-o‘ringa OnePlus 6, 8-o‘ringa Huawei Mate 10, 9-o‘ringa esa oldinga surilib chiquvchi old kameraga ega Vivo NEX Ultimate qo‘yilgan.
Yetakchi o‘ntalikning so‘nggi o‘rnini Samsung’ning yana bir qurilmasi – Galaxy S8+ egallagan.
Reyting yetakchisi Mi 8 Explorer Edition yuzning 3D-skaneri va ekran ostiga joylashtirilgan barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Biroq 3D-skaner yevropalik ko‘rinishga ega odamlar yuzini taniy olmaydi, ammo buni mintaqani Xitoyga o‘zgartirib tuzatish mumkin. Shuningdek, smartfonning orqa panelida smartfon ichidagi butlovchi qismlar, jumladan Snapdragon 845 protsessori surati tushirilgan.