Jizzaxda isitish pechidan sizib chiqqan gaz tufayli bir oilaning 5 nafar a'zosi zaharlandi

Illyustrativ foto
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida shu yilning 7 dekabr kuni ko‘ngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Bog‘ishamol MFYda yashovchi H.E. uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o‘zi va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i G.I., o‘g‘li K.M., ukasi H.E. hamda kelini N.T. zaharlangan.
K.M. kasalxonaga yotqizilib, H.E., G.I., H.E. hamda N.T.ga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yana sakkiz kishi is gazidan zaharlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025