Velosipedda harakatlangan fuqaroning umriga zomin bo‘lgan haydovchi ushlandi

Jamiyat 18:00 / 08.12.2018 13141

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida shu yil 6 dekabr kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Kattaqashqar qishlog‘i hududida haydab ketayotib, velosipedda ketayotgan shu qishloqda yashagan O.A.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Uchko‘prik tumanida yashovchi O.X. o‘z boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: